Toshkentdagi “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘ining “Sharq bog‘i” deb ataladigan mavzuli qismida kinoteatr ish boshladi. Bu haqda muassasaning Facebook’dagi sahifasida ma’lumot berilgan, deb yozadi “Kun”.
9-iyun, dushanba kuni soat 21:00 da “Sharq bog‘i”dagi Open Air Cinema’da sinov tariqasida Reychel Makadams va Chenning Tatum o‘ynagan “Qasam” filmi namoyish etilgan.
“Barchangizni umr yo‘ldoshingiz, dastro‘mollaringiz va romantik kayfiyat bilan ‘Lokomotiv’ bog‘iga taklif qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Ochiq osmon ostidagi ushbu kinoteatr faoliyati davriyligi, unda qanday filmlar namoyish etilishi hozircha aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i 2014-yil martida o‘z faoliyatini boshlagan edi.
Izoh (0)