Beeline aloqa operatori 6-iyun kuni soat 20:00 da FM 101 “O‘zbegim taronasi” radiosining jonli efirida bo‘lib o‘tgan Beeline Club bonusli dasturining barcha ishtirokchilari uchun Be on line loyihasi ikkinchi o‘yinining natijalarini sarhisob qildi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
O‘yin boshlanishiga qadar (dushanbadan yakshanbagacha — 2—8-iyun kunlari) o‘z ballarini bonus paketiga almashtirgan yoki Beeline Club’ga a’zo bo‘lgan barcha ishtirokchilarni o‘yin birlashtirdi. FM 101 to‘lqinidagi jonli efir natijalariga ko‘ra Samsung Galaxy S3 mini smartfonining egasi aniqlandi — Surxondaryo viloyatidan Zokir Nazarov (ХХ) Х07 47 39.
Shuningdek, jonli efir chog‘ida taniqli xonanda Amira Alibekova bilan nazoratli xarid bo‘lib o‘tdi. U “Izumi” restoranida bo‘lib tushlikka buyurtma berdi va Platinum kartasidan foydalanib, Beeline Club bonusli dasturining hamkoridan 20% chegirmani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 26-dekabr kuni o‘yin ishtirokchilaridan biri asosiy sovrin — 14 ta Samsung Galaxy Note planshetidan birining egasiga aylanishi mumkin.