5-iyun, payshanba kuni Yevropa Ittifoqining eng baland binosi — Londondagi Shard (“shisha bo‘lakchasi”) osmono‘par binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in o‘chog‘i 306 metrli binoning pastki qavatlarida joylashgan, deb xabar bermoqda “ITAR-TASS”.
Sky News telekanalining xabar berishicha, voqea joyiga yettita yong‘in o‘chirish mashinasi kelgan. O‘t o‘chiruvchilarning umumiy soni 55 nafarni tashkil etib, ular imoratni tekshirmoqda. Xabarda ta’kidlanishicha, ochiq alanga ko‘rinmayapti.
Binodan odamlar zudlik bilan evakuatsiya qilinmoqda. Shuningdek, voqea joyiga tez yordam mashinalari ham yetib kelgan.
“Biz binoda bo‘lgan barcha odamlarni evakuatsiya qildik. Hammasi bo‘lib qariyb 900 kishi binoni tark etdi. Evakuatsiya ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilmoqda”, — deya ta’kidladi London yong‘in xizmati vakili Kelli Foster.
Osmono‘par bino joylashgan Temza daryosining janubiy qirg‘og‘ida ko‘p ko‘chalar berkitilgan, metro bekati ham yopilgan.
Izoh (0)