Asr boshidan beri Qozog‘iston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 11 marta o‘sdi — 2000-yilda 18,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib 200 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Anhor.uz xabar bermoqda.
Osiyo Taraqqiyot banki (OTB) prognozlariga ko‘ra, so‘nggi 12 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti to‘rt barobar o‘sib (51 milliard dollarga yetdi), bundan keyin yanada tezroq o‘sishda davom etadi va Qozog‘istondan ham o‘zib ketib, 2035-yilda Markaziy Osiyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanadi, deb ma’lum qildi “Kun”.
OTBning taxminicha, O‘zbekiston yangi gaz konlarini o‘zlashtirish va Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish natijasida o‘z iqtisodiyotini yiliga o‘rtacha 6,4 foizdan oshirib, 2010-yilda 28 milliard dollardan kamroq bo‘lgan YaIM hajmini 2035-yilga borib 128 milliard dollarga yetkazadi, deb yozadi Kursiv.kz.
OTBning AQSh Energetika bo‘yicha axborot boshqarmasiga asoslanib ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2010-yili 60 milliard kubometr gaz qazib olingan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2015-yilda 71 milliard kubometrga, 2035-yilga borib esa 80 milliard kubometrga yetkaziladi.
Izoh (0)