2014-yil 1-iyuldan boshlab temiryo‘l chiptalarini sotish va rasmiylashtirish, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining temiryo‘l transportidan foydalangan holda xorijga chiqishi faqatgina biometrik pasport asosida amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK huzuridagi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasiga asoslanib, Anhor.uz xabar bermoqda.
“Kun”ning ta’kidlashicha, avvalroq, xorijga aviatsiya yoki temiryo‘l orqali chiqmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarda biometrik pasport bo‘lmasa, 1-iyuldan boshlab ularga avia- va temiryo‘l chiptalari sotilmasligi tartibi Vazirlar Mahkamasining fevralda imzolangan qaroriga asosan joriy etilgani haqida xabar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholiga biometrik pasport berish jarayoni 2011-yil 1-yanvardan boshlangan bo‘lib, jarayon 2015-yil oxirigacha yakunlanishi kerak.
Izoh (0)