Mannon Uyg‘ur nomidagi Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida “Surxonning jajji go‘zali” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar qiz o‘z mahorat va iste’dodini namoyish etdi, deb yozadi O‘zA.
Tadbir “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etildi.
Tanlov shartiga ko‘ra, jajji qizaloqlar turli mavzudagi rasmlarni mustaqil sharhlab, tez aytish va she’rni yoddan aytish bo‘yicha bahslashdi. Ayniqsa, ular tomonidan erkin mavzuda ijro etilgan qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Termiz shahridagi 10-maktabgacha ta’lim muassasasining olti yoshli tarbiyalanuvchisi Madinabonu Ashurova eng oliy o‘ringa sazovor bo‘ldi. Shuningdek, birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar hamda “Eng oqila ishtirokchi”, “Eng jajji ishtirokchi”, ”Eng maftunkor ishtirokchi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)