Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi hisoblangan “Aeroflot” Toshkentdan Sochi, Rostov va Mineralniye Vodi shaharlariga amalga oshiriladigan reyslarni yopishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya havo transporti agentligi (Rosaviatsiya)ga asoslanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.
“Aeroflot”ning Toshkentni Moskva hamda Sankt-Peterburg bilan bog‘lab turuvchi reyslari saqlab qolinadi.
Bundan tashqari, Rosaviatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ketma-ket ikki mavsumdan beri Krasnodar, Krasnoyarsk va Nijniy Novgorod shaharlaridan Farg‘onaga parvozlarni amalga oshirmayotgani uchun, “Yuteyr” kompaniyasiga berilgan ruxsatni chaqirib olish rejalashtirilmoqda, deb qo‘shimcha qildi “Kun”.
Ushbu reyslar o‘rniga “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasi tomonidan Rossiyaning Chelyabinsk, Yekaterinburg, Krasnodar, Krasnoyarsk va Nijniy Novgorod shaharlaridan Farg‘onaga parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)