Brand Finance kompaniyasi o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha eng qimmat futbol klublari brendlari o‘ntaligini e’lon qildi. Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni Germaniyaning “Bavariya” klubi (896 million AQSh dollari) egalladi, deb xabar berdi UzReport.
Xabarda qayd etilishicha, ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasida Ispaniyaning “Real Madrid” klubi joy olgan. Madrid klubining brend bahosi o‘tgan yilga qaraganda 147 million AQSh dollariga oshgan bo‘lib, hozirgi vaqtda 768 million AQSh dollarini tashkil etadi. Kuchli uchlikni Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yakunladi. Angliya klubining brend bahosi 739 million AQSh dollari miqdorida belgilandi. Klubning bu ko‘rsatkichi o‘tgan yilgi natijalarga qaraganda, 98 million AQSh dollariga pasaygan.
Ushbu ro‘yxatdan yana bir qator nomdor klublar o‘rin olgan. Jumladan, Fransiyaning “PSJ” klubi ko‘rsatkichlarini alohida qayd etish lozim. Fransiya klubi o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, 85 million AQSh dollari bilan 24-o‘rinni egallagan bo‘lsa, joriy yilda klubning brend narxi 324 million AQSh dollarini tashkil etdi va u 10-o‘rindan joy oldi.
Eng qimmat futbol klublari brendlari o‘ntaligidan o‘rin olgan jamoalar:
- “Bavariya” — 896 million AQSh dollari (Germaniya)
- “Real Madrid” — 768 million AQSh dollari (Ispaniya)
- “Manchester Yunayted” — 739 million AQSh dollari (Angliya)
- “Barselona” — 622 million AQSh dollari (Ispaniya)
- “Manchester Siti” — 510 million AQSh dollari (Angliya)
- “Arsenal” — 505 million AQSh dollari (Angliya)
- “Chelsi” — 502 million AQSh dollari (Angliya)
- “Liverpul” — 469 million AQSh dollari (Angliya
- “Borussiya” Dortmund — 327 million AQSh dollari (Germaniya)
- “PSJ” — 324 million AQSh dollari (Fransiya)
Izoh (0)