Beeline aloqa operatori MBank mobil dasturi orqali xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini bermoqda. Uning yordamida kompaniya abonentlari o‘z uylaridan chiqmagan holda onlayn tarzda Uzcard orqali hisoblarini oson boshqara oladi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.
— Birinchi marta Buzton mijozlari to‘lov kartasi orqali xizmatlarga to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ldi, — dedi kompaniyaning ommaviy bozorda savdolar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov.
Onlayn tarzda MBank mobil banki orqali Beeline’ning nafaqat uyali aloqasi, balki simli interneti uchun ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun Uzcard onlayn foydalanuvchilari yaqin oradagi bankomat yoki ma’lumot shahobchasida kartadan SMS-axborot xizmatini yoqtirishlari zarur. Undan keyin Play Market yoki App Store orqali MBank dasturini yuklab olishlari, yoki uyali telefonlaridan mbank.uz saytiga kirishlari lozim. Ro‘yxatdan o‘tib mobil bankning shaxsiy kabinetiga kirish lozim.
Beeline’ning simli internetiga to‘lovni amalga oshirish uchun “Xizmat va tovarlar uchun to‘lov”, so‘ngra “Internet-provayderlar” va “Beeline simli interneti” tugmalarini tanlash zarur. Beeline’ning uyali aloqasini to‘lash uchun “Xizmat va tovarlar uchun to‘lov”, so‘ngra “Aloqa va internet” va Beeline’ni tanlash lozim. So‘ngra telefon raqami va pul miqdorini kiritish lozim. “To‘lovlar ro‘yxati”da to‘lov jarayonini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)