Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon maydonidagi 18 qavatli 10 A-uyda 24-may, shanba kuni taxminan soat 11:10 da yong‘in sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston IIV matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahar IIBBning yong‘indan muhofaza qiluvchi xizmatlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yong‘in hududi o‘rab olinib, yong‘in xavfsizligi xizmati jangovar ekipajlari tomonidan o‘z vaqtida o‘chirilgan.
“Kun”ning xabar berishicha, yong‘in oqibatida mazkur xonadonlar balkonlarining ichki qismi hamda uy jihozlari yonib, zarar ko‘rgan.
Yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. IIV matbuot xizmatining alohida qayd etishicha, favqulodda holat natijasida jarohat olganlar yo‘q.
Gazeta.uz’ning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda zarar ko‘rgan xonadonlardan yonib ketgan jihozlar olib chiqilmoqda, binoning tashqi tarafidan esa balkonlarni bo‘yash boshlangan.
Izoh (0)