Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik olimlar Antarktida g‘arbida shelfli muzliklar eriy boshlaganini aniqladi. Natijada bir necha asrdan so‘ng dunyo okeani sathi taxminan uch metrga ko‘tariladi. Bu haqda Interfax xabar berdi.

Foto: The Verge

Foto: The Verge

The Verge nashri ma’lum qilishicha, so‘nggi haftada bu mavzuda ikkita tadqiqot natijalari e’lon qilingan. Har ikkalasida ham olimlar muzliklarning erish jarayonini to‘xtatib bo‘lmaydi, degan xulosaga kelishgan.

Vashington universiteti olimlari ham, NASA mutaxassislari ham Amundsen dengizidagi yirik Tueyts shelfli muzligi to‘liq erib ketgach, bu boshqa muzliklarga ham “yuqishi”, zanjirli reaksiya boshlanib ketishini aytishgan.

Tadqiqotlar mualliflarining ta’kidlashicha, muzliklar erishining tezlashishi birinchi navbatda, tabiiy omillarga bog‘liq. Odam faoliyatining oqibati bo‘lmish global isish ham bunda rol o‘ynagan bo‘lsa-da, ushbu jarayonning asosiy sababi okeanlar tubidan shamol yordamida yuzaga qalqib chiqayotgan iliq suvdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova