Namanganda harbiylarga uchta ko‘p qavatli uy topshirildi (foto)

Sharqiy harbiy okrugda xizmat qilayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga yangi uylarning kaliti topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Harbiylarga topshirilgan ko‘p qavatli uylar oldida. Foto: O‘zA

Harbiylarga topshirilgan ko‘p qavatli uylar oldida. Foto: O‘zA

O‘zbekistonda Vatan himoyachilarini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan davlat dasturi doirasida zamonaviy uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish ishlari izchil davom etmoqda. Jumladan, Namangan viloyatida harbiylar uchun har biri 32 xonadondan iborat ikkita va 48 xonadonli bitta ko‘p qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirildi.

Harbiylarga topshirilgan ko‘p qavatli uylar. Foto: O‘zA

Harbiylarga topshirilgan ko‘p qavatli uylar. Foto: O‘zA

Yangi uy bilan ta’minlanganlar orasida kichik serjant Rustam Mansurov ham bor.

– Oilamiz uchun yangi uy ajratilganidan behad xursandmiz, – deydi Rustam. – Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik biz, harbiylarni yanada ruhlantirib yubordi. Uyidan, oilasidan xotirjam kishi samarali mehnat qiladi. Biz, harbiylar uchun esa bu ikki hissa muhimdir. Bunday e’tibor bizni Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida doimo hushyor va ogoh bo‘lishga undaydi.

Harbiylarga topshirilgan ko‘p qavatli uylar oldida. Foto: O‘zA

Harbiylarga topshirilgan ko‘p qavatli uylar oldida. Foto: O‘zA

– Harbiylik kasbini tanlaganimdan faxrlanaman, – deydi mayor Jahongir Usmonov. – Biz, harbiy xizmatchilar va oila a’zolarimizga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizdan behad minnatdormiz.

Harbiylarga topshirilgan ko‘p qavatli uylar oldida. Foto: O‘zA

Harbiylarga topshirilgan ko‘p qavatli uylar oldida. Foto: O‘zA

Yangi uyda harbiylarning oila a’zolari uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing