Yaqinda O‘zbekistonda so‘nggi yillar ichida eng katta ruscha-o‘zbekcha lug‘at chop etildi. Bu haqda Uzbekistan Today xabar berdi.

IMG_5001

Foto: ut.uz

Ushbu ikki jildli lug‘at rasman 1983—1984-yillarda chiqarilgan kitobning qayta ishlangan versiyasi bo‘lsa-da, tamoman yangi nashr hisoblanadi.

Lug‘atdan eskirgan so‘zlar olib tashlangan. Ularning o‘rniga yangi leksik birliklar haqida 3460 ta lug‘at maqolalari va 4000 dan ortiq ko‘rgazmali materiallar kiritilgan.

Bundan tashqari, bor so‘zlarga 1060 ta yangi ma’nolar qo‘shilgan, 1070 ta so‘zga yangi izoh berilgan, 7000 dan oshig‘i tahlil qilingan.