Ukrainadagi vaziyat tufayli NATO Boltiq dengiziga beshta kema jo‘natadi, deya xabar berdi Reuters.
“NATO Sharqiy Yevropadagi ittifoqdoshlarining mudofaasini kuchaytirish uchun Boltiq dengiziga kema kiritadi”, — deyiladi alyans matbuot xizmati bayonotida. Ular Norvegiya, Niderlandiya, Belgiya va Estoniya kemalari — to‘rtta minali tral bilan jihozlangan harbiy kema va bitta ta’minot kemasidan iborat bo‘ladi.
Bundan tashqari, Kanada mintaqaga oltita CF-18 qiruvchi samolyotlari va 20 nafar shtab ofitserlarini yuboradi. Kanada bosh vaziri Stiven Xarperning ta’kidlashicha, NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar Markaziy va Sharqiy Yevropadagi xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash zaruriyati borligini tan oladi.