Uzinfocom markazi WWW.uz milliy qidiruv tizimi top-reytingi autsayderlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi, deb yozadi “Kun”.

Foto: blogskinny.com

Foto: blogskinny.com

Markaz korporativ blogida 31-mart kuni e’lon qilingan postga asosan, hozirgi vaqtda WWW.uz top-reytingida 2 500 sayt ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan faqat 1 842 tasiga foydalanuvchilar kiradi.

Reyting so‘ngidagi 200 saytga kuniga bittadan odam kirsa, ulardan 127 tasida faqat bittadan sahifa ko‘rilgan.

“Ko‘rinib turibdiki, bu 200 ta sayt bilan, reytingga a’zo bo‘lgan va hech kim kirmaydigan qolgan 700 sayt kabi, hech kim shug‘ullanmayapti”, — deb yozadi Uzinfocom markazi korporativ blogi.