Toshkentlik avtobus haydovchilari tomonidan oraliq bekatlarda uzoq muddat to‘xtab turish, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzgan holda bir-biri bilan poyga o‘ynash, harakat davomida qo‘l telefonidan, sigaret chekish kabi qoidabuzarliklar bot-bot sodir etilmoqda. Bu haqda “Poytaxt transporti” gazetasi xabar bermoqda.

Foto: flaglerlive.com

Foto: flaglerlive.com

Mazkur masala bo‘yicha fikr bildirgan Toshkent shahar IIBB YHXB targ‘ibot-tashviqot bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Z. A. Saydaliyevning so‘zlariga ko‘ra, IIBBning 102 telefon raqamiga xavfsizlikka oid hodisalar to‘g‘risida zudlik bilan xabar berish, xavfsizlikni ta’minlashda barcha faol ishtirok etishi kerak, deb yozadi “Kun” nashri.

Saydaliyevning qayd etishicha, 2014-yilda Toshkent shahri chorrahalariga nazorat videokameralarini o‘rnatish ishlari boshlangan va 2015-yil apreliga qadar bu ishlat tugallanishi rejalashtirilgan.