2013-yil davomida “Toshshahartransxizmat” uyushmasi tizimidagi avtokorxonalar va depolarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan muayyan ishlar natijasida haydovchilar aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari (YTH) soni 2012-yilga nisbatan kamayishiga erishildi. Bu haqda “Poytaxt transporti” gazetasi ma’lumotiga tayanib “Kun” xabar bermoqda.
Jumladan, haydovchilar aybi bilan 90 ta YTH sodir etilib, 2012-yilga nisbatan 15 taga kamayishiga erishildi. YTHlar oqibatida 8 fuqaro vafot etib, 2012-yilga nisbatan 2 taga kamaydi. Jarohatlanganlar soni esa 117 ta bo‘lib, 2012-yilga nisbatan 15 taga kamaygan.
Gazeta xabariga ko‘ra, jami YTHning 32 tasi yoki 36 foizi piyodani urib yuborish, 25 tasi yoki 28 foizi to‘qnashuv, 18 tasi yoki 20 foizi avtobus saloni ichida yo‘lovchining yiqilishi, 9 tasi yoki 10 foizi avtobusdan yo‘lovchining yiqilishi, 3 tasi yoki 3 foizi to‘siqqa urilish, 1 tasi yoki 1 foizi ag‘darilish, 2 tasi yoki 2 foizi velosipedchini urib yuborish bilan bog‘liq.
2013-yilda “Toshshahartransxizmat” haydovchilari aybi bilan sodir etilgan jami YTHning 63 tasi yoki 70 foizi avtobus, 11 tasi yoki 12 foizi mikroavtobus, 8 tasi yoki 9 foizi yengil avtomobil, 8 tasi yoki 9 foizi tramvay haydovchilari tomonidan sodir etilgan, jami YTHning 18 tasi yoki 20 foizi 21—25 yoshgacha, 11 tasi yoki 12 foizi 26—30 yoshgacha, 10 tasi yoki 11 foizi 31—35-yoshgacha, 13 tasi yoki 14 foizi 36—40 yoshgacha, 10 tasi yoki 11 foizi 41—45 yoshgacha, 8 tasi yoki 9 foizi 46—50 yoshgacha, 18 tasi yoki 20 foizi 51—60 yoshgacha, 2 tasi yoki 2 foizi 60 yoshdan yuqori bo‘lgan haydovchilar tomonidan sodir etilgan. Jami YTHning 37 tasi yoki 41 foizi 1—5 yilgacha, 22 tasi yoki 24 foizi 6—10 yilgacha, 7 tasi yoki 8 foizi 11—15 yilgacha, 9 tasi yoki 10 foizi 16—20 yilgacha, 14 tasi yoki 16 foizi 21—30 yilgacha, 1 tasi yoki 1 foizi 30 yildan yuqori ish stajiga ega haydovchilar tomonidan sodir etilgan.