Britaniyaning Skytrax kompaniyasi Rossiya va MDHning eng yaxshi aeroportlari o‘ntaligini e’lon qildi. Unga “Toshkent” xalqaro aeroporti ham kirdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

maxresdefault

Foto: youtube.com

Ushbu reytingda “Toshkent” xalqaro aeroporti to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Uni ro‘yxatda Domodedovo, Sheremetyevo, “Kazan” aeroporti, Vnukovo (Rossiya), Ostona va Olma-Ota aeroportlari (Qozog‘iston), Minsk milliy aeroporti (Belarus) hamda Bokudagi Geydar Alimov nomidagi aeroport (Ozarbayjon) ortda qoldirdi.

Britaniyaning xususiy konsalting kompaniyasi bo‘lmish Skytrax aviakompaniya va aeroportlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini o‘rganishga ixtisoslashgan.

Kompaniyaning Skytrax World Airport Awards mukofoti bevosita aeroportlarning o‘zida o‘tkazildigan so‘rovlar natijalari bo‘yicha beriladi. Bu xizmatlarning xolis baholanishiga imkon beradi. Ushbu so‘rovlar 39 mezonlar bo‘yicha olib boriladi.

Shu yili dunyoning 410 aeroportida o‘tkazilgan so‘rovlarda 12 milliondan oshiq yo‘lovchi ishtirok etdi.