31-mart kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi hamda Janubiy Koreyaning artilleriyalari dengiz chegarasi hududida artilleriya mashqlarini o‘tkazishdi. Bunda qo‘shni hududlarga snaryadlar otish hollari kuzatildi, deya xabar beradi Agence France-Presse.

Foto: dailykos.com

Foto: dailykos.com

KXDR Sariq dengiz hududida o‘quv mashg‘ulotlari doirasida o‘t ochish mashqlari o‘tkazmoqchi ekanligi borasida janubdagi qo‘shnisini avvalroq xabardor qilib qo‘ygan edi. Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga qaraganda, shimolliklar otgan snaryadlardan bir nechtasi chegaraning bu tomoniga o‘tgan. Keyin Janubiy Koreya harbiylari ham bunga javoban dengizning Shimoliy Koreyaga tegishli hududiga artilleriya qurollaridan otishga qaror qilishgan.

Artilleriya qurollaridan otish mashqlari Janubiy Koreyaning Pennendo orollari yaqinida bo‘lib o‘tdi. Orol aholisi uchun bombadan himoyalovchi boshpanalarga evakuatsiya e’lon qilindi. Jabrlanganlar va vayrongarchiliklar haqida xabar berilmayotir.