8-mart kuni yo‘qolgan Malaysia Airlines’ga tegishli Boeing 777-200ER samolyotini qidirishda endi 25 ta davlat ishtirok etayotgani haqida avval xabar bergan edik.

1780038_10151940142875952_2014963863_o

Foto: facebook.com/najibrazak

Malayziya Tashqi ishlar vazirligi layner ehtimoliy parvozining janubiy va shimoliy chegaralarida joylashgan mamlakatlar bilan bog‘langan, deya xabar bermoqda “Gazeta” nashri.

Malayziya TIV yakshanba kuni vaziyat to‘g‘risida 22 mamlakat vakillariga, bundan tashqari, qidiruvga ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan boshqa mamlakatlarga ham axborot bergan. Ushbu mamlakatlar orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Xitoy, Myanma, Laos, Vyetnam, Tailand, Indoneziya va Avstraliya bor.

Mudofaa vaziri o‘z chiqishida qidiruv ishlari yangi bosqichga o‘tganini va yanada murakkablashganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Malaysia Airlines’ga qarashli Boeing 777-200ER samolyoti 8-mart kuni Kuala-Lumpurdan Pekinga parvoz etayotib, radarlardan yo‘qolib qolgan. U Malayziya va Vyetnam chegarasini kesib o‘tganidan keyin bir necha daqiqa vaqt o‘tgach, aloqa uzilgan. Bevosita g‘oyib bo‘lishidan avval undan olingan xabarda biror muammo haqida gap ham bo‘lmagan. Samolyot bortida 12 nafar ekipaj a’zolari bilan birga jami 239 kishi bo‘lgan.