Toshkentdagi Anhor kanali sohillarida sohilbo‘yi piyodalar ko‘chasi va mamlakatdagi birinchi jamoat veloyo‘lagi qurilishi boshlandi. Bu haqda “Kun” va “Moy Tashkent” nashrlari xabar berdi.

“Anhor” kafesining Anhorbo‘yi qismidagi qurilish. Foto: “Daryo”

“Anhor” kafesining Anhorbo‘yi qismidagi qurilish. Foto: “Daryo”

Toshkentdagi “Anhor” kafesidan boshlanadigan sohilbo‘yi piyodalar ko‘chasi va veloyo‘lak “Al-Aziz” kafesi hamda Germaniya elchixonasidan o‘tib, yangi qurilayotgan “Minor” masjidiga qadar davom etadi.

Shuningdek, “Daryo” nashriga qurilish bo‘lyotgan joydan ma’lum qilishlaricha, sohilbo‘yi piyodalar ko‘chasi va veloyo‘lak Mustaqillik maydoniga ulanib ketadi.

Anhor kanali Toshkent xaritasida. Skrinshot: “Daryo”

Anhor kanali Toshkent xaritasida. Skrinshot: “Daryo”

Hozirgi vaqtda “Anhor” kafesining Anhorbo‘yi qismida, shuningdek, kanalning “Minor” masjidiga yaqin qismlarida qurilish ishlari olib borilmoqda.

“Minor” masjidi atrofidagi qurilish. Foto: “Daryo”

“Minor” masjidi atrofidagi qurilish. Foto: “Daryo”

Avvalroq, Anhorga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish va velosiped haydovchilar uchun maxsus yo‘lak barpo etish haqida xabar berilgan edi.

“Minor” masjidi qurilishi. Foto: “Daryo”

“Minor” masjidi qurilishi. Foto: “Daryo”

Xabarga ko‘ra, qaror asosida kanal ustidan o‘tgan ko‘priklar rekonstruksiya qilinadi va yangilari quriladi, sohilbo‘yida attraksionlari bor xiyobonlar tashkil etiladi, Anhor bo‘yidagi ko‘chalar tartibga keltiriladi.

Sohilbo‘yi ko‘chasi va velosipedchilar yo‘lagining  qurilishi. Foto: “Daryo”

Sohilbo‘yi ko‘chasi va velosipedchilar yo‘lagining qurilishi. Foto: “Daryo”

“Tarixiy osori-atiqa sifatida ko‘riladigan ‘Anhor’ kafesi buzib tashlanmaydi, aksincha, obodonlashtirish ishlarining umumiy rejasi asosida u ham rekonstruksiya qilinadi”, — deyiladi 12news.uz xabarida.