Beeline aloqa operatori “Mening musiqam” (gudok o‘rniga musiqa o‘rnatish) xizmati ringtonlarining eng ko‘p o‘rnatilgan o‘nligini taqdim etdi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Beeline

Foto: Beeline

Unga ko‘ra, quyidagi qo‘shiqlardan gudok o‘rnida ko‘p foydalanilgan:

  • 1o-o‘rin: “Bojalar” — “Qo‘g‘irchoq”
  • 9-o‘rin: Doniyor — “Meni sev”
  • 8-o‘rin: Shohruhxon — “Qaramasa qaramasin”
  • 7-o‘rin: Ulug‘bek Rahmatullayev — “Meni kechir”
  • 6-o‘rin: “Vaqt” — “Vaqt”
  • 5-o‘rin: Oybek va Nigora — “Omon”
  • 4-o‘rin: “Ummon” — “To‘xta”
  • 3-o‘rin: Alisher Fayz — “Ko‘rishamiz”
  • 2-o‘rin:“Ummon” — “Ana endi yig‘la”
  • 1-o‘rin: “Ummon” — “Aytgin menga”

 “Mening musiqam” xizmati 2007-yil iyun oyida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun standart ulanish signalini musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush bilan almashtirish imkonini beradi.

Endilikda “Mening musiqam” sahifasidan musiqa xarid qilganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilganda, shuningdek, musiqani ko‘chirib olganda yoki sovg‘a qilganda u avtomat tarzda ishga tushadi.

Bundan tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham Beeline abonenti bo‘lsa, osongina ko‘chirib olishingiz mumkin. Buning uchun musiqani gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda “yulduzcha”(*)ni bosish zarur. Shundan so‘ng telefonga SMS keladi. Agar o‘sha musiqani o‘rnatishni istasangiz, “Ha” so‘zi, istamasangiz, “Yo‘q” so‘zi bilan javob berishingiz kerak.