Koreya Respublikasi Ehwa Womans University shifoxonasi doktorlari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi. Ushbu missiya “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Anons.uz xabar berdi.

Foto: pamharu.blogspot.com

Foto: pamharu.blogspot.com

Delegatsiya tarkibida 19 ta janubiy koreyalik tibbiyot xodimlari: kardiolog, pediatr, oftalmolog va boshqa shifokorlar bor. Ular mamlakatimizning turli davolash muassasalarida davolash ishlarini olib boradi.

Jumladan, 20—21-yanvar kunlari Toshkent tibbiyot pediatriya instituti klinikasida, 22—23-yanvarda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining tibbiy-ijtimoiy markazida, 24-yanvar kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq bolalar shifoxonasida tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi.