10-yanvarda “Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirligi, huquqni muhofaza qilish organi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonga Prezident Islom Karimov imzo chekdi, deb xabar beradi Gazeta.uz.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Davlatning mudofaa qudratini oshirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralarining daxlsizligini ta’minlash, yoshlarni milliy mustaqillik va Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalash, milliy manfaatlarni himoya qilish bo‘yicha xizmat burchini bajarish vaqtida ko‘rsatilgan mardlik va jasorat, tinchlikni, barqarorlikni va jamoat tartibini ta’minlashdagi katta xizmatlari uchun 117 kishi yuqori unvonlarga loyiq, deb topildi.