“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar soni 20 foizga o‘sdi

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan “Obod turmush yili” Davlat dasturi ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi, deya xabar berdi O‘zA.

13699187821

Foto © UzReport

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda mazkur kompaniya tomonidan mijozlarga yuzdan ziyod turdagi sug‘urta xizmati ko‘rsatilmoqda. 2013-yilda tuzilgan shartnomalar soni 2012-yilga nisbatan 20 foiz o‘sdi. Bundan tashqari, qishloq aholisi turarjoy sharoitini tubdan yaxshilash maqsadida namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uylarga mulk egalarining mulkka oid sug‘urta xizmatlari ham kengaymoqda. Bu yo‘nalishda joriy yilda qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari 2,5 barobar o‘sdi.

“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tizimidagi “O‘zbekinvest – hayot” sho‘ba sug‘urta kompaniyasi asosan inson hayoti bilan bog‘liq sug‘urta xizmatini ko‘rsatadi. U yuridik va jismoniy shaxslarga bonus to‘lovli hayot jamg‘arma sug‘urtasi, ixtiyoriy tibbiy, baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta, xorijga chiquvchi hamda qarz oluvchi fuqarolar hayotini sug‘urtalash kabi qator xizmat turlarini ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizda uzoq muddatli kredit olish jarayoni keng ommalashayotgani bois qarz oluvchi fuqarolar hayotini sug‘urtalashga, ayniqsa, talab ortib bormoqda. Bu bank uchun ham, mijoz uchun ham manfaatlidir. Sababi bank tomonidan iste’mol kreditini olgan mijoz mablag‘ni qaytib berish bo‘yicha o‘ziga belgilangan vaqt mobaynida mehnat layoqatini yo‘qotishi yoki hayotdan ko‘z yumishi bilan bog‘liq holatlar ro‘y bersa, uning kredit to‘lovi sug‘urta kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing