Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan Turkvision 2013 Xalqaro qo‘shiq tanlovida hamyurtimiz Nilufar Usmonova O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgani haqida avval xabar bergan edik.

1489270_631022046961317_1766018871_n

Foto © facebook.com/Turkvision.Uzbekistan

“Sayyod” nashrining xabar berishicha, tanlovning 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan final bosqichida Nilufar 11-o‘ringa loyiq deb topildi. Unda jami 12 davlat vakillari ishtirok etdi.

Ozarbayjonlik Farid Hasanov musobaqa g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Belorussiya va Ukraina namoyondalari ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni egalladi. Tanlov mezboni 7-o‘rinni band qilgan bo‘lsa, Qirg‘iziston va qozog‘istonlik xonandalar sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarga joylashdi. Eng so‘nggi pog‘ona esa Kosova vakiliga “nasib etdi”.

1461877_632810496782472_1228558681_n

Foto © facebook.com/Turkvision.Uzbekistan

Xabar muallifining fikricha, Nilufar Usmonovaning Turkvision’dagi mag‘lubiyatiga uning o‘ziga va ovoziga mos qo‘shiq tanlanmagani sabab bo‘ldi. Tanlovda kuylangan “Unutgin” qo‘shig‘i Nilufarning mahoratini ochib bera olmadi, deya fikr bildirdi muallif.

Eslatib o‘tamiz, Turkvision 2013 tanlovida 20 ta davlat vakillari o‘zaro bellashdi. Tanlovning yarim final bosqichi 18-dekabr kuni, yakuniy bosqichi esa 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.