Namangan shahrining Chorsu dahasida serjant Abdurashid Umrzoqov jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs iziga tushadi. “Postda” gazetasining xabar berishicha, jinoyatchi ortidan kelayotgan xodimni sezib qolib, qocha boshlaydi. Serjant yordam kuchlari kelishini kutib o‘tirmasdan, jinoyatchini mustaqil qo‘lga tushirishga qaror qiladi. Umrzoqov avval ham ko‘p marta ana shunday shaxslarni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan edi.

ghngh

Foto © Fotolia/ Mr Korn Flakes

Serjant jinoyatchini quvib yetib, uni to‘xtatishga erishdi. Biroq, afsus bu gal jinoyatchi ancha uddaburon va makkor bo‘lib chiqdi: qo‘lga olish chog‘ida kimsa uning ko‘ksiga pichoq sanchdi. Serjantning og‘ir jarohatlanganidan foydalanib, jinoyatchi voqea joyidan yashirindi.

Ko‘rsatilgan dastlabki tibbiy muolajalarga qaramay, Namangan viloyati IIB PPX va JTSB patrul-post xizmati batalyoni maxsus otryadi militsioner-kinologi, serjant Abdurashid Umrzoqov hayotdan ko‘z yumdi.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida qotil o‘sha kuni qo‘lga olindi.