15-dekabrdan Vazirlar Mahkamasining buyrug‘i bilan respublikamizda harakat xavfsizligi oyligi start oladi.

JxgE2O13864372036131_b

Foto © gazeta.uz

Mazkur oylik doirasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida kompleks chora-tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan, deya xabar beradi Gazeta.uz.

Xususan, oylik davomida avtotransport va piyodalar kesib o‘tadigan yo‘l va joylar ko‘zdan kechiriladi hamda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etiladi. Shuningdek avtotransport vositalarining texnik holatini ko‘zdan kechirish, yo‘l xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish sifatini tekshirishga e’tiborni qaratish ko‘zda tutilgan.

YXXBB ma’lumotlariga qaraganda, joriy yilning 11 oyi davomida mamlakatimizda 3 million 104 ming 680 ta yo‘l harakati qoidalari buzilish holati ro‘yxatga olingan, shulardan 1 million 279 ming 280 tasi qo‘pol holatlardir.

Yo‘l qo‘yilgan xatolarning eng ko‘pi — 734,86 mingtasi xavfsizlik kamarini ishlatmaslik, 37,4 mingtasi boshqaruv paytida mobil telefonlardan foydalanish holatlari bo‘lgan.

41,79 ming holatda haydovchilar avtotransport vositasini mast holatda boshqargan, 18,58 mingtasi — oynalari qoraytirilgan transport vositasidan goydalangan va 5491 tasi — salonning old qismiga monitor o‘rnatgan.