O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yangi binosining qurilish ishlari boshlanib ketdi. Universitetning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida yangi bino loyihasining suratlari paydo bo‘ldi. Ilova qilingan suratlarda yangi kampusning maketini ko‘rish mumkin.

1475967_749704451713129_245420079_n

Ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi foydalanuvchilar esa qurilish jarayoni aks etgan fotosuratlar bilan bo‘lishmoqda.

BZ_SAVVIMAAF4o0

Foto © twitter.com/Bek_Sohib

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yangi binosini qurish ishlari Prezidentning 2013-yil 23-maydagi universitetning faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 1971-son qarori bilan amalga oshirilmoqda.

1379865_749704648379776_266882986_n

Hujjatga ko‘ra, universitetning 2200 o‘ringa mo‘ljallangan yangi binosini qurish ishlari olib boriladi. Mazkur qurilish poytaxtimizning Uchtepa tumanida bo‘lib o‘tadi.

1455073_749703588379882_617022940_n

Bino atrofida futbol maydoni hamda katta tennis, voleybol, basketbol o‘ynash uchun maxsus maydonchalar, basseynga ega katta sport majmuasi, shuningdek, 400 o‘rinli oshxona barpo etish ko‘zda tutilgan.

Foto © facebook.com/uzswlu.uz