Toshkentda oilaviy sport musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizdagi 38-bolalar va o‘smirlar sport maktabida oilaviy jamoalar o‘rtasida “Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak” musobaqasining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizning barcha hududlaridan eng kuchli, deb topilgan oilaviy jamoalar g‘oliblik uchun kuch sinashdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

10c

Mazkur musobaqada oilaviy jamoalar o‘z mahoratini, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va ahillik fazilatlarini namoyish etadi. Ota-onasining g‘alabaga ishtiyoqini ko‘rgan o‘g‘il-qizlarda maqsad sari intilish, iroda, matonat kabi sifatlar shakllanadi, deyiladi xabarda.

3

Musobaqada oilaviy jamoalar baland to‘siqlar estafetasi, arqon tortish, arg‘amchida sakrash singari shartlar bo‘yicha sinovdan o‘tdi.

4

Qibraylik Komiljon Yusupov oilasi musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Poytaxtlik Ravil Safin, samarqandlik Berdiyor Turobov oilaviy jamoalari keyingi o‘rinlarga loyiq topildi.

11

 

12

 

1 (1)

Musobaqa g‘olibi — Qibraylik Komiljon Yusupov oilasi

 

Foto © O‘zA

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing