Germaniya 2014-yil oxirigacha O‘zbekistonda shakar zavodi quradi

Germaniyaning BMA AG kompaniyasi “Angren Shakar” MChJ XK bilan Toshkent viloyatida 2014-yilning dekabriga qadar shakar zavodini qurish haqida shartnoma imzoladi. Bu haqda “Noviy Vek” nashri xabar bermoqda.

tradeboarduw8Im0_img

Foto © sweetinfo.ru

Loyiha hujjatlariga ko‘ra, zavod shakarqamish xomashyosidan bir sutkada ming tonna shakar ishlab chiqaradi. Loyihaning qiymati oshkor qilinmadi.

Ta’kidlash joiz, “Angren Shakar” MChJ XK “Angren” maxsus industrial zonasida 2012-yilning may oyida Singapurning Welton International, Kito Investment va Avstriyaning SEID Handelsgesellschaft m.b.H  tomonidan tuzilgan edi.

Ushbu kompaniyalar respublikamizdagi shakar ishlab chiqarish bo‘yicha monopol korxona — “Xorazm Shakar” OAJ XKning aksionerlari ham hisoblanadi. Ayni paytda uning quvvati sutkasiga ming tonna shakarni tashkil qilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning shakarga bo‘lgan yillik ehtiyoji 700 ming tonnani tashkil etadi, shundan 350 ming tonnasi jahon bozoridan sotib olinadi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing