15-noyabr kuni  Toshkentdagi Mark Vaylning “Ilhom” teatrida “Origami qanotlar” (“Крылья оригами”) guruhining konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda imPress nashri xabar bermoqda.

601537_556995274370161_1328514926_n

Foto © facebook.com/OrigamiWings

Xabarda aytilishicha, ushbu konsert dasturi IlkhomRockFest rok-musiqa festivali doirasida o‘tkazilgan. Ko‘pchilikka notanish tuyulgan mazkur rok-guruh Toshkentda o‘zining muxlislariga ega bo‘lib, muallifning yozishicha, chipta olishga ulgurmagan tomoshabinlar konsertni zalda tik turib bo‘lsa ham ko‘rish ilinjida bo‘lgan.

1395980_556997951036560_130635883_n

Foto © facebook.com/OrigamiWings

“Konsert dasturida barchasi noodatiy bo‘ldi, — deb yozadi imPress bloggeri. — Sahna bezaklari, musiqachilarning o‘zini tutishi, qo‘shiq matnlari — bari o‘zgacha edi”.

556852_556977424371946_1425072065_n

Foto © facebook.com/OrigamiWings

Tomoshabinlar bir zumga bo‘lsa-da, chapak chalishdan to‘xtamadi. Deyarli barcha qo‘shiqlarni guruhga jo‘r bo‘lib ijro etdi, deb qayd etiladi maqolada.

1422601_556997337703288_1515303726_n

Foto © facebook.com/OrigamiWings

Qayd etish joiz, IlkhomRockFest festivali “Ilhom” teatri tomonidan 7 yildan buyon tashkillashtirilib kelinmoqda. Teatrda rok musiqaga bag‘ishlangan jamiyat — IlkhomRockCommunity ham bo‘lib, uning qoshida IlkhomRockSchool — yosh rok-musiqachilar maktabi tashkil qilingan.

1458664_556996927703329_1958051774_n

Foto © facebook.com/OrigamiWings

Ma’lumot o‘rnida: “Origami qanotlar” guruhi 2000-yilda yapon tili filologi va rok-musiqachi Ashot Daniyelyan tomonidan tashkil qilingan. Guruh o‘z uslubini “reggi, fank, pank-jazz unsurlarini o‘z ichiga olgan rok” deya ta’riflaydi. Ayni paytda guruh tarkibida Ashot Daniyelyan (gitara, vokal), Grigoriy Daniyelyan (gitara, vokal), Ilgar Gasimov (bas-gitara) va Nikita Golichenko (zarbali musiqa asboblari) faoliyat yuritadi. Ular o‘z qo‘shiqlarining kuy va matnlarini mustaqil ravishda yozadi.