Interbrand konsalting agentligi 2013-yilning eng qimmat brendlari reytingini e’lon qildi. Joriy yilda narxi 2012-yilga nisbatan 28 foizga oshgan Apple brendi dunyoning eng qimmat brendlari reytingida birinchi o‘rinni zabt etdi. Ikkinchi o‘rinni egallagan Google brendi o‘tgan yilga qaraganda 34 foizga qimmatlashgan. 2012-yilda dunyoning eng qimmat brendi deb topilgan Coca-Cola esa joriy yilda 3-pog‘onaga tushib qoldi. Bu haqda Interbrand konsalting agentligi rasmiy sayti xabar qiladi.

Interbrand agentligi versiyasi bo‘yicha dunyoning eng qimmat brendlari reytingi bilan tanishing:

1. Apple — 98 milliard 316 million dollar

apple-logo 2. Google — 93 milliard 291 million dollar

Google-logo1 3. Coca-Cola — 79 milliard 213 million dollar

coca-cola-logo 4. IBM (International Business Machines) — 78 milliard 808 million dollar

IBM-Intel-logo

5. Microsoft — 59 milliard 546 million dollar

izrailtyanka-podala-v-sud-na-microsoft-obviniv-v-narushenii-avtorskix-prav 6. General Electric — 46 milliard 947 million dollar

General_Electric_logo.svg_ 7. McDonald’s — 41 milliard 992 million dollar

mcdonalds3 8. Samsung — 39 milliard 610 million dollar

logo-1 9. Intel — 37 milliard 257 million dollar

intel-logo

10. Toyota — 35 milliard 346 million dollar

Toyota_Logo_Newes

Reytingning keyingi pog‘onalaridan Mercedes-Benz, BMW, Disney, HP, Gillette, Louis Vuitton kabi brendlar ham o‘rin egallagan. Mana, 2013-yildagi dunyoning eng qimmatbaho brendlar reytingi bilan ham tanishdingiz. Bu haqda o‘z fikrlaringizni qoldiring.