“Daryo” Uz domeni internet-festivali finalistlari qatoridan o‘rin oldi

20-sentabr kuni UZ milliy domeni Internet-festivali hakamlarining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 10 mavzuli va bitta maxsus nominatsiya bo‘yicha ovoz berishning birinchi bosqichi yakunlari muhokama qilindi. Hakamlar ovoz berishning ikkinchi bosqichiga o‘tgan saytlar ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda ICTnews xabar bermoqda.

711

“Daryo” nashri “Festival yangiligi” maxsus nominatsiyasi bo‘yicha final bosqichiga chiqdi. Nashr finalda “Mezon”, “Uz24” nashrlari, Xorazmda sayyohlik mavzusidagi yaqinda ishga tushirilgan visitkhorezm.uz va boshqa saytlar bilan bellashadi.

Bundan tashqari, festivaldan “Fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi sayt”, “Eng yaxshi OAV sayti”, “Eng yaxshi tematik sayt”, “Madaniyat va sport sohasidagi eng yaxshi sayt” kabi nominatsiyalar o‘rin olgan.

Festival hakamlari va tashkiliy qo‘mita qarori bilan final bosqichiga o‘tgan barcha saytlar rag‘batlantiruvchi diplomlar bilan taqdirlanadi. 23-sentabrda festivalning sovrinli o‘rinlarini egallagan saytlar ro‘yxati ma’lum bo‘ladi.

UZ milliy domeni internet-festivali 2013 g‘oliblarini taqdirlash marosimi 23-sentabr kuni 18:30 da Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadi.

Festival finalida barcha qatnashchilarga va, avvalambor, o‘zimizga omad tilaymiz 😉

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing