17-sentabrdan Chempionlar Ligasi o‘yinlariga start berildi. Mavqeyi va saviyasi jihatidan jahon chempionati o‘yinlaridan keyingi o‘rinda turadigan bu musoboqaning 2013/14-yilda 22-mavsumi o‘tkaziladi.

PSJ futbolchisi Lukas. Manba: uefa.com

PSJ futbolchisi Lukas. Manba: uefa.com

O‘yin sanalari:

Guruh bahslari 2013-yilning 17-sentabridan 11-dekabriga qadar davom etadi. Ular quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

  1. 17–18-sentabr
  2. 1–2-oktabr
  3. 22–23-oktabr
  4. 5–6-noyabr
  5. 26–27-noyabr
  6. 10–11-dekabr

Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Sakkizta guruhning har biridan ikkitadan — jami 16 ta jamoa ishtirok etadigan bu bosqich 2014-yilning 18—25-fevral kunlari o‘tkaziladi.

Chorak final uchrashuvlari 1—8-aprelda o‘tkazilsa, yarim final o‘yinlari shu oyning oxirida, 22—29-aprel kunlari o‘tkaziladi. Final esa 24-may kuni, Portugaliyaning Lissabon shahridagi Estadio da Luz (“Nurlar stadioni”) stadionida bo‘lib o‘tadi.

“Estadio da Luz” (Nurlar stadioni) Manba: fansshare.com

Estadio da Luz (“Nurlar stadioni”) Manba: fansshare.com

Guruhlar:

“A” Guruhi

  1. Manchester Yunayted (Angliya)
  2. Bayer Leverkuzen (Germaniya)
  3. Real Sosedad (Ispaniya)
  4. Shaxtyor Donetsk (Ukraina)

“B” Guruhi

  1. Real Madrid (Ispaniya)
  2. Yuventus (Italiya)
  3. Galatasaroy (Turkiya)
  4. FK Kopengagen (Daniya)

“C” Guruhi

  1. Benfika (Portugaliya)
  2. PSJ (Fransiya)
  3. Anderlext (Belgiya)
  4. Olimpiakos (Gretsiya)

“D” Guruhi

  1. Bavariya (Germaniya)
  2. Manchester Sity (Angliya)
  3. SSKA Moskva (Rossiya)
  4. Viktoria Plzen (Chexiya)

“E” Guruhi

  1. Chelsi (Angliya)
  2. Bazel (Shvetsariya)
  3. Shalke (Germaniya)
  4. Steua Buxarest (Ruminiya)

“F” Guruhi

  1. Borussiya Dortmund (Germaniya)
  2. Marsel (Fransiya)
  3. Arsenal (Angliya)
  4. Napoli (Italiya)

“G” Guruhi

  1. Portu (Portugaliya)
  2. Atletiko Madrid (Ispaniya)
  3. Austria Vienna (Avstriya)
  4. Zenit Sankt-Peterburg (Rossiya)

“H” Guruhi

  1. AC Milan (Italiya)
  2. Barselona (Ispaniya)
  3. Ayaks (Gollandiya)
  4. Seltik (Shotlandiya)

17-sentabrda o‘tkazilgan o‘yinlar natijalari:

“A” Guruhi: 

  • Manchester Yunayted – Bayer Leverkuzen  4:2
  • Real Sosedad – Shaxtyor Donetsk  0:2

“B” Guruhi:

  • Galatasaroy – Real Madrid  1:6
  • Kopengagen – Yuventus  1:1

“C” Guruhi:

  • Benfika – Anderlext  2:0
  • Olimpiakos – PSJ  1:4

“D” Guruhi:

  • Bavariya – SSKA Moskva  3:0
  • Plzen – Manchester Sity  0:3

[gallery ids="15087,15088,15090,15091,15092,15096"]

18-sentabrda o‘tkaziladigan o‘yinlar:

“E” Guruhi:

  • Shalke – Steua
  • Chelsi – Bazel

“F” Guruhi:

  • Marsel – Arsenal
  • Napoli – Dortmund

“G” Guruhi:

  • Austria Vienna – Portu
  • Atletiko Madrid – Zenit

“H” Guruhi:

  • AC Milan – Seltik
  • Barselona – Ayaks

 Shunchaki qiziq:

“Real Madrid” jamoasining bosh murabbiyi Karlo Anchelotti oltita har xil jamoalar bilan har xil mavsumda Chempionlar Ligasi bahslarida ishtirok etgan. Ular Parma, Yuventus, AC Milan, Chelsi, PSJ va endilikda Real Madrid.

Tirik afsona Raul Gonsales 71 ta gol bilan Chempionlar Ligasining barcha davrlar to‘purari hisoblanadi. Agar, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi yana 12 ta gol ursa, Raulning natijasini yangilaydi.

Maqolani tayyorlashda FIFA va UEFA rasmiy saytlaridagi ma’lumotlardan foydalanildi.