“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ Germaniyaning Lernidee Erlebnisreise GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda 16-sentabrdan 23-sentabrgacha Toshkent–Qamashi–Kitob–Buxoro–Urganch–Samarqand–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi – Orient Silk Road Express sayohat poyezdini ishga tushiradi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.

Manba: “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”

Manba: “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”

Bu yangilikka oydinlik kiritish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ marketing bo‘limiga qo‘ng‘iroq qildik. Ular sayohat poyezdining germaniyalik sayyohlar uchun tashkil etilishi va tarixiy maskanlarga sayohat uyushtirilishini xabar qildi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xodimlari vagonlar soni va sayohat yo‘nalishining ketma-ketligi to‘g‘risida aniq ma’lumot bermadi. Biroq, “Toshkent” temir yo‘l vokzalining VIP zalida 16-sentabr kuni, soat 18:00 da sayohat poyezdi yo‘lga chiqishi oldidan konferensiya bo‘lib o‘tishini ta’kidladi.