Gazeta.uz xabar berishicha, 1-oktabrdan O‘zbekiston poytaxti aholisi va tashkilotlar uchun markaziy isitish hamda issiq suv ta’minoti tarifi 6,4 foizga oshadi.

tower_01

Foto: worldradiomap.com

Poytaxtda markaziy isitish uchun bir oylik tarif narxi turar joyning bir kvadrat metri uchun hozirgi 663,05 so‘mdan 705,42 so‘mgacha oshadi.

Issiq suv uchun yangi tarif hisoblagich bo‘lmagan taqdirda kishi boshiga 8827,81 so‘mni (hozir 8297,58 so‘m) va hisoblagich bilan bir kubometr uchun 2260,51 so‘mni (hozir 2124,73 so‘m) tashkil etadi.

Umumiy yotoqxonalarda istiqomat qiluvchilar kishi boshiga 6567,04 so‘m (hozir 6172,6 so‘m) to‘laydi.

Tashkilotlar uchun issiqlik energiyasi ulgurji tarifi bir Gkal uchun QQSsiz 39 658 so‘m (hozir 37 276 so‘m) QQS bilan esa bir Gkal uchun 47 589,6 so‘m (hozir 44731,2 so‘m)dan iborat.

Sovuq suv ta’minoti uchun to‘lov esa keyingi oydan yangi tarif bo‘yicha o‘rtacha 3,5 foizga oshadi.

Markazlashgan issiq suz ta’minoti tizimiga ega xonadonlar uchun yangi tarif hisoblagich bilan 1 kubometr uchun 266 so‘m (hozir 256 so‘m), hisoblagichsiz kishi boshiga 2283,59 so‘m (hozir 2569,6 so‘m) deb belgilandi.

Barcha qulayliklar bilan ta’minlangan xusudiy uylarda esa kanalizatsiya xizmatini qo‘shganda har bir kubometr uchun 193 so’mni (hozir 186), kanalizatsiyasiz 120 so‘mni (hozir 116 so‘m), hamda hisoblagich bo‘lmagan taqdirda kishi boshiga 2283,59 so‘mni (hozir 2200,77 so‘m) tashkil qiladi.

“Toshshahargaz” hamda “ToshshahETK” lar tarif narxlari oshishi haqida hali xabar bermagan. Eslatib o‘tamiz, ushbu kommunal xizmatlar odatda 1-aprel va 1-oktabrdan oshadi.

“Maxsustrans” korxonasi ham tariflar oshishi haqida hech qanday ma’lumot bermagan.