Shu yilning 18—20-sentabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston sport kinosi va televideniyesi federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Sport kino va televideniyeda” VIII xalqaro saralash festivali o‘tkaziladi, deb xabar beradi O‘zA.

2005-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy festivalda yurtimiz va xorijlik kino-televideniye ijodkorlarining hujjatli filmlari saralab olinadi. Ular har yili Milanda o‘tkaziladigan Jahon “Sport movies & TV” festivalida namoyish etiladi.

Poytaxtimizda o‘tadigan xalqaro saralash festivaliga Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Belarus, Latviya, Eron kabi o‘nga yaqin davlat ijodkorlari tomonidan suratga olingan 20 dan ortiq film taqdim etiladi. Festivalda “Sport” telekanali, “O‘zbektelefilm” korxonasi, nodavlat telekanal va kinostudiyalarning yurtimiz sporti haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmlari, televizion ocherk, ijtimoiy rolik va reportajlari namoyish etiladi.

Foto © O‘zA