Bir necha oydirki, O‘zbekistonda “Yaks” noma’lum mahsulot brendi reklama qilinmoqda. Ko‘chalardagi reklama taxtalari, televideniye va radio, internet saytlari ham shu nomni takrorlashdan charchamayapti. Reklamada mahsulot nomidan boshqa ma’lumot berilmagani sababli, ko‘pchilik qiziqish bilan uning ma’lum bo‘lishini kutmoqda.

Foto: olam.uz

Foto: olam.uz

Olam.uz nashri xabar berishicha, uning foydalanuvchilaridan biri bu sirni “ochadigan” suratlarni yuborgan. Ma’lum bo‘lishicha, u kir yuvish kukuni ekan.

Foto: olam.uz

Foto: olam.uz

Bundan tashqari, sharbat ham ekan.

Foto: olam.uz

Foto: olam.uz

Bu hali hammasi emas. Ijtimoiy tarmoqlarda yana mana bu suratni ham ko‘rish mumkin.

Foto: olam.uz

Foto: olam.uz

Shuningdek, tarmoqlarda “Yaks” savdo belgisining Зеленый Чай brendiga tegishliligi haqida ham mish-mishlar yuribdi.

Foto: facebook.com

Foto: facebook.com

Aziz o‘quvchilar, sizda ham bu borada qandaydir ma’lumotlar bo‘lsa, biz bilan bo‘lishing.