O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, FIFA Jahon chempionati-2014 pley-off saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Iordaniya jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan musobaqalar hakamlarini tayinladi.

Foto: fifa-worldcup-2014-brazil.blogspot.com

Foto: fifa-worldcup-2014-brazil.blogspot.com

Jamoalar o‘rtasidagi ilk musobaqa 2013-yil 6-sentabrda Ammon shahrida o‘tkaziladi. Uni Yuichi Nishimura rahbarligidagi yapon hakamlari guruhi boshqaradi. Nishimuraga Toru Sagara va Toshiyuki Nagi yordamchilik qiladi. Iida Jumpey zahiradagi hakam bo‘ladi.

Foto: publika.uz

Foto: publika.uz

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan bahsga avstraliyalik Benjamin Uilyams boshchiligida uning hamyurtlari Metyu Jeyms Krim va Xakan Anaz hakamlik qiladi. Shtrebe Delovski to‘rtinchi arbitr bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkentdagi musobaqa 2013-yil 10-sentabrda “Paxtakor” Markaziy o‘yingohida o‘tkaziladi.