Kuni kecha saytimiz orqali turli internet tarmoqlarida xonanda Abdulla Qurbonov bilan bog‘liq videolavha tarqalganligini xabar qilgan edik. Shuningdek, qo‘shiqchi bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan qattiq pushaymonda ekanligi haqidagi intervyu ham e'tiboringizga havola qilingan edi.

Abdulla Qurbonov Foto:sayyod.uz

Abdulla Qurbonov Foto:sayyod.uz

Bugun esa "O‘zbeknavo" estrada birlashmasining rasmiy saytida, Abdulla Qurbonovning litsenziyasi tugatilganligi haqida xabar e'lon qilindi. Xabarda xonanda Qurbonov tomonidan Vazirlar Mahkamasining  2003-yil 11-noyabridagi 498-sonli qarori hamda Litsenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlar muntazam ravishda buzib kelinganligi oqibatida 2013-yil 22-fevralda xonandaga berilgan AJ-2326 raqamli litzensiyaning bekor qilinganligi aytilgan.