Jahonning birinchi raqamli raketkasi, beloruslik Viktoriya Azarenko quvvat beruvchi ichimliklar ishlab chiqaradigan Red Bull kompaniyasi bilan reklama shartnomasi imzoladi. Tuzilgan shartnoma uzoq yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uning moliyaviy shartlari oshkor etilmayapti. Azarenko Red Bullni reklama qiluvchi ilk tennischiga aylandi.

foto: sport-xl.net

foto: sport-xl.net

“Red Bull oilasining bir qismiga aylanganimdan xursandman. Menga ularning ichimliklari doim yoqqan. Kompaniyaning sportchilar bilan qiladigan hamkorligiga doim tan berganman” deya Azarenkoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda sports.ru portali.

Nima deb o‘ylaysiz, bu hamkorlikdan ikki tomon ham yutadimi?