“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi barcha xalqaro yo‘nalishdagi reyslar uchun chiptalar narxini 20 foizga oshirdi. Bu haqda Gazeta.uz internet-nashri xabar qilgan.

Foto: Wikipedia

“O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti. Foto: Wikipedia

Bunda, mahalliy reyslar uchun chiptalar narxlari o‘zgarishsiz qoldirilgan. Ammo, istisno tarzida, Toshkent-Samarqanda marshruti bo‘yicha bir tomonlama reys narxi 41 ming so‘mdan 60 ming so‘mgacha oshirilgani ham aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Toshkentdan Samarqandga, Andijonga, Namangan va Farg‘onaga qo‘yilgan reyslari uchun Yangi yil tariflari (o‘rinlar soni cheklangan) yanvar oyining oxirigacha amalda bo‘ladi.