Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Damas YPX inspektorining radar o‘rnatilgan Nexia’siga borib urildi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 2-may kuni soat 13:15 larda Chinoz tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 862-kilometrida yuz bergan. Damas’ni boshqarib ketayotgan 40 yoshli haydovchi R.A. yo‘lning o‘ng tomonida, yo‘l yoqasida to‘xtab turgan Toshkent viloyati Qibray tumani IIB YHXB YPX inspektoriga biriktirilgan, tezlikni o‘lchovchi moslamalar bilan jihozlangan Nexia-3’ning orqa tomoniga borib urilgan.
Oqibatda Damas haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.
YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida raqamlarini berkitib drift-shou uyushtirgan haydovchilar jazolangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
- Sirdaryoda maxsus evakuator ustida turgan Matiz “tezligini oshirgani sabab” radarga tushdi. YHXBB holat yuzasidan ma’lumot berdi
- Samarqandda YPX inspektorlari fuqaroni kuch ishlatib, xizmat mashinasida olib ketgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy izoh berildi
- Sirdaryoda YPX xodimini “ishdan quritib yubormoqchi” bo‘lgan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi
Izoh (0)