2-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonda fevraldan boshlab pensiya to‘lovlari faqat naqd pul ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2-fevraldagi qarorida qayd etilgan.
2. O‘zbekiston hukumati xorijiy valyutadagi tushumning majburiy sotilishi foizini teng yarmiga qisqartirdi. Oldin markazlashmagan eksportni amalga oshiruvchi korxonalar vakolatli banklarga xorijiy valyutadagi tushumning 50 foizini sotishga majbur edi.
3. O‘zMTRK raisi qariyb 12 yildan so‘ng o‘zgardi. Alisher Xodjayev o‘rniga Xurshid Mirzohidov tayinlandi. Mirzohidov faoliyati davomida ma’lum vaqt Xodjayevga o‘rinbosarlik ham qilgan.
4. Sherzod Shermatov O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaradi. U noyabrda vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
5. Qarshi shahrining O‘zbekiston ko‘chasida Damas va boshqa mikroavtobuslar harakati qisman taqiqlandi. Avvalroq Andijonda ham Damas’lar bilan shunday muammo yuzaga kelgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan, biroq tasdiqlanmagan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.