Niderlandiya adliya vazirligi mahbuslarga planshetli kompyuyterlar tarqatishga qaror qildi. Bu haqda DutchNews resursi xabar bermoqda.
G‘oyaga ko‘ra, gadjetlar umumiy foydalanish televizorlari va kutubxonalar o‘rnini bosishi lozim. Qurilma yordamida mahbuslar o‘zlariga kerakli kanallarni mustaqil ravishda ko‘radi va kerakli o‘quv kurslarini xarid qiladi.
“Hozir o‘zingga mustaqil ravishda g‘amxo‘rlik qilish muhim ahamiyatga ega. Biz bu amaliyotni mahbuslar orasida ham joriy qilmoqchimiz, toki ular qarindoshlari bilan uchrashuvlarni va zarur narsalar xaridini mustaqil ravishda rejalashtirsin”, — deb izoh berdi vazirlikning matbuot kotibi.
Muxolifat vakillari, o‘z navbatida, kutubxonalarning yopilishidan ko‘zlangan maqsad pul tejash ekanligini, bu tashabbus mahbuslarning qamoqxona personali bilan aloqalarini qisqartirib, ularning ijtimoiylashuviga jiddiy to‘siq bo‘lishini aytmoqda.