“Barselona” futbol jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messining asl transfer narxi 141 million yevrodir. Bu raqam Valensiya politexnika universitetida futbolchilarning qiymati bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda aks etdi, deb xabar beradi “TASS”.
O‘z navbatida, Madridning “Real” jamoasi hujumchisi, portugaliyalik sportchi Krishtianu Ronalduning transferi 101 million yevroga baholandi.
Tadqiqotda gollar, uzatmalar, qizil kartochkalar, jamoa bilan o‘ynash qobiliyati inobatga olindi. Bundan tashqari, Messi va Ronalduning ko‘rsatkchilari “Real” vakillari Garet Beyl va Xames Rodrigez, “Barselona” futbolchilari Luis Suarez va Neymarning ko‘rsatkichlari bilan taqqoslandi.