Jaz musiqasining o‘tmishda mashhur ijrochisi, bastakor va saksofonchi Leonardo Barbyeri 2-aprel, shanba kuni Nyu-York shifoxonasida vafot etdi. Bu haqda uning rafiqasi Laura Associated Press agentligiga ma’lum qilgan, deb xabar beradi “TASS”.
U, shuningdek, “Gato” taxallusi bilan ham mashhur. Mashhurligining cho‘qqisi 1960—1970-yillarga to‘g‘ri kelgan 83 yoshli musiqachining o‘limiga zotiljam sabab bo‘lgan. Oxirgi bir necha yillarda u Nyu-York klublarida chiqishlar qilgan.
Argentinada tavallud topgan Barbyeri 1967-yildan 1982-yilga qadar 30 dan ortiq albom yaratgan. 1973-yilda u “Parijdagi oxirgi tango” filmidagi musiqasi uchun “Gremmi” mukofoti bilan taqdirlangan.