“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Real”ga qarshi (1:2) Ispaniya chempionati 31-turida raqib darvosazini nishonga ola bilmadi. Shu tariqa, argentinalik futbolchi faoliyatida ilk bor Madrid klubiga qarshi ketma-ket besh o‘yinda gol kirita olmadi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
2011–2012-yillarda Messi “Real” darvozasiga ketma-ket to‘rtta o‘yinda gol kirita olmagandi. Avvalroq, faoliyati davomida 499 ta gol kiritgan 28 yoshli hujumchi 500-golini aynan “Real” darvozasiga kiritish istagi bor ekani haqida aytib o‘tgandi.
Joriy mavsumda Messi La Liganing 26 o‘yinida maydonga tushib, 22 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.