3-aprelning ertalabki soatlaridan boshlab Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ armiyasi pozitsiyalarini artilleriyadan o‘qqa tuta boshladi. Bu haqda, Armaniston mudofaa vazirligi bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Ozarbayjon raketa-artilleriya vositalaridan hamda zirhli texnikadan foydalanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2-aprel kuni Tog‘li Qorabog‘ hududida shiddatli to‘qnashuvlar boshlangani ma’lum qilingan edi.